Qo'llanma

AI yordamchi, muallif — siz

Sun'iy intellektdan to'g'ri foydalanish bilimingizni oshiradi. Noto'g'ri foydalanish esa akademik obro'ga zarar yetkazishi mumkin.

1. AI natijasi — bu qoralama

AI matnni tez tuzadi, lekin faktlarda xato qilishi, eskirgan yoki to'qima ma'lumot keltirishi mumkin. Har bir da'voni, raqamni va sanani tekshiring.

2. Manbalarni o'zingiz tekshiring

AI keltirgan adabiyotlar haqiqatda mavjud bo'lmasligi mumkin. Adabiyotlar ro'yxatini Manbalar vositasi orqali haqiqiy ilmiy bazadan tuzing va har bir manbani ochib ko'ring.

3. O'z fikringizni qo'shing

  • Rejani AI bilan tuzing, lekin xulosa va tahlilni o'zingiz yozing.
  • Mahalliy misollar, shaxsiy tajriba va o'z kuzatishlaringizni qo'shing.
  • Matnni o'z uslubingizga keltiring: AI muharriridan foydalaning, lekin oxirgi so'z sizda.

4. Ta'lim muassasangiz qoidalarini biling

Ba'zi o'qituvchilar va OTMlar AI'dan foydalanishni cheklaydi yoki uni ko'rsatishni talab qiladi. Qoidalarni oldindan bilib oling va kerak bo'lsa, AI'dan qaysi bosqichda foydalanganingizni ochiq ayting.

5. Himoyaga tayyorlaning

Ishingizni tushunmasdan topshirmang. Himoyaga tayyorgarlik vositasi bilan komissiya savollariga javob berishni mashq qiling — ish mazmunini chuqur bilish eng yaxshi kafolat.

O'qituvchilar uchun

AI bilan tuzilgan dars ishlanmasi va testlarni sinf darajasiga moslang, to'g'ri javoblarni tekshiring va o'quvchilaringiz ehtiyojiga qarab o'zgartiring.

Savolingiz bormi? Biz bilan bog'laning