Didax haqida

Ta'limni sun'iy intellekt bilan kuchaytiramiz

Didax — talabalar, o'qituvchilar va tadqiqotchilar uchun o'zbek tilida ishlaydigan AI yordamchi va video ta'lim platformasi.

Missiyamiz

Har bir o'quvchi va o'qituvchiga zamonaviy sun'iy intellekt imkoniyatlarini ona tilida, sodda va mas'uliyatli tarzda yetkazish. Biz AI'ni ishni siz uchun bajaradigan emas, balki tezroq o'rganish, yaxshiroq yozish va ijodkorlikka ko'proq vaqt ajratishga yordam beradigan vosita deb bilamiz.

Nimalar qila olasiz

  • Taqdimot, maqola, kurs ishi va referat — OTM talablariga mos tuzilma bilan, .pptx va .docx formatida.
  • AI muharrir — imlo va uslub tekshiruvi, ilmiy uslubga keltirish, Word fayldan konspekt.
  • Himoyaga tayyorgarlik — nutq matni va komissiya savollariga javoblar.
  • O'qituvchi vositalari — dars ishlanmasi va test savollari.
  • Haqiqiy manbalar — ochiq ilmiy bazadan manba topish va GOST/APA/MLA ro'yxati.
  • Yangi alifbo — Word va matnlarni yangi o'zbek alifbosiga (Ö, Ğ, Ş, Ç) o'girish.
  • Video darslar va kutubxona — reklamasiz pleer va qo'shimcha materiallar.

Tamoyillarimiz

  • Akademik halollik. AI natijasi — qoralama. Uni tekshirish, tahrirlash va o'z fikringiz bilan boyitish sizning mas'uliyatingiz. Mas'uliyatli foydalanish qo'llanmasi.
  • Maxfiylik. Alifbo o'giruvchida fayllaringiz brauzerdan chiqmaydi. Ma'lumotlarga munosabatimiz maxfiylik siyosatida yozilgan.
  • O'zbek tili. Interfeys, natijalar va hujjatlar formati — O'zbekiston ta'lim tizimiga moslangan.

Bog'lanish

Taklif, hamkorlik yoki muammo haqida aloqa sahifasi orqali yozing.

Savolingiz bormi? Biz bilan bog'laning